Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov Janubiy Koreya elchisini qabul qildi

Sherzod Shermatov Janubiy Koreya elchisini qabul qildi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 15-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizga yaqinda tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.

AKT vaziri elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutlab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv davomida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Foto: «Mitc.uz»

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida qayd etdi. Jumladan, 14-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, 2022-yildagi vazifalar belgilab berilgan yig‘ilishni yuqori baholadi.

Ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillar ko‘p, Koreyada O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib boryapti, ta’kidladi elchi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring