Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
![Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3811984018.jpg)
Mashhur «Xabraxabr» resursining «Antore» nikli foydalanuvchisi Rossiyada «YouTube»ning buzilishiga nima sabab bo‘lganini aniqladi. Aniqlanishicha, hamma gap birgina belgida bo‘lgan. Aynan uning dastidan 14-fevraldan buyon rossiyalik foydalanuvchilar «YouTube»da video ko‘rmoqchi bo‘lsa, ularning ekrani qorayib qolmoqda, deb xabar berdi «4PDA».
«Antore» kodlarni tahlil qilib, Rossiyadagi yirik riteylerdan birining reklama roligi URL-manzilida foiz belgisi (%) ortiqcha ekanligini aniqladi. Ya’ni quyidagicha:
Biror_bir_domen_/%D0%9F%D0%BE%D0%BB%D1%83%D1%87%D0%B8%D1%82%D1%8C_CashBack_20%
Aynan manzilning oxiridagi «%» belgisi videoni bloklaydi. Noma’lum sabablarga ko‘ra, u «window.decodeURI» funksiyasi tekshiruvidan o‘tmagan. Mazkur reklama roligi rossiyalik foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangani sabab, muammo boshqa mamlakat aholisiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, xatolik «VPN» yoki reklamalarni bloklaydigan dasturlardan foydalanuvchilarni ham cheklab o‘tgan.
Nosozlik sababi ma’lum bo‘ldi, endi rossiyaliklarning «YouTube» dasturchilari vaziyatni qachon to‘g‘irlashini kutishdan o‘zga iloji yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter