Rossiyada «Telegram» bloklanishi boshlandi
Bugun 16-aprel kuni «Roskomnadzor» aloqa operatorlariga Rossiya hududida «Telegram» messenjerini bloklash haqida so‘rov yubordi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar bermoqda.
Foydalanuvchilar «Telegram»ning veb-versiyasi kira olmayotganlarini aytishgan. Messenjerning kompyuter versiyasi va mobil ilovasi esa hozircha ishlamoqda.
13-aprel kuni sud Rossiya hududida «Telegram» messenjerini bloklash haqida qaror chiqargan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter