Roskomnadzor «Telegram»ni bloklayman deb quyushqondan chiqdi
Rossiyada «Telegram» bloklanishi bilan bog‘liq ishlar tobora qiziq tus olmoqda. Roskomnadzor messenjerning barcha IP-manzillarini yopishga urinar ekan, oxir-oqibat vaziyatni nazorat qila olmay qoldi. Bu haqda «Akket.com» xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «Telegram» dasturchilari bloklashni chetlab o‘tishning turli mexanizmlarini faollashtirgan va har 15 daqiqada IP-manzillarni yangisiga almashtirib turgan. Bu IP-manzillar «Amazon» kompaniyasi ma’lumotlar bazasidan olingan. Avtomatik algoritmlar bilan kurashishdan ma’ni yo‘qligini tushunib yetgan Roskomnadzor «Amazon»ga tegishli 655 352 manzilni oldindan «qora ro‘yxat»ga qo‘shib qo‘ygan.
Jahl ostida qilingan bu ish oqibatida Rossiyada minglab saytlar ishlamay qolgan. Roskomnadzor bu manzillarning aksariyati qonuniy maqsadlarda ishlatilishini hisobga olmagan. Natijada nafaqat turli saytlar, balki gipermarketlar kassalari, yirik banklar servislari, xususiy klinikalar saytlari, to‘lov tizimlari va boshqa servislar ishdan chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter