Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Renault» Portu-Santu orolini eski akkumulyatorlar qismlaridan yasalgan energiya yig‘uvchi tizim bilan jihozlaydi

«Renault» Portu-Santu orolini eski akkumulyatorlar qismlaridan yasalgan energiya yig‘uvchi tizim bilan jihozlaydi

Foto: «Hi-News»

«Renault» avtomobil konserni mutlaq «toza» elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan o‘zining xususiy oroli loyihasini taqdim etdi, deb xabar berdi «Hi-News».

Quyosh va shamol elektrostansiyalari elektr tokini faqatgina shamol va yorug‘lik bo‘lganida ishlab chiqaradi, shu sababli mavjud energiyani yig‘ish lozim. Buning uchun avtokonsern Portu-Santuga o‘z mutaxassislari tomonidan yaratilgan energiya yig‘uvchi qurilamalarini yetkazib beradi. Mazkur qurilmalarda elektromobillar tomonidan ishlatilib, yaroqsiz holda kelgan akkumulyatorlardan foydalanilgan. Bu kabi energiya yig‘uvchi qurilmalar o‘z turidagi boshqa qurilmalardan ancha yomon ishlaydi, biroq narxi sezilarli darajada arzon.

Bundan tashqari «Renault» orol aholisiga 20 nusxa «14 ZOE» hamda «6 Kangoo ZE» elektromobillarini ham taqdim etadi, ular faqatgina tarmoqda elektr energiyasi keragidan ortiq bo‘lganida ishlaydigan «aqlli» quvvatlantirish tizimiga ega.

Loyiha Portugaliyadagi Madeyra arxipelagining hukumati tomonidan tasdiqlangan va avtokonsern uni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Avvaliga 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan, maydoni 42 kvadrat kilometrga teng Portu-Santu oroli elektrlashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring