«Renault» konserni «AvtoVAZ»ni sotishga qaror qildi
Fransiyaning «Renault» konserni «AvtoVAZ»ni sotishga qaror qilgan va hozirlik jarayoni boshlab yuborilgan. 2022-yilning may oyida kompaniya aksariyat xorijiy rahbarlar tarkibini Tolyattidan Moskvaga ko‘chirishi kutilyapti. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Renault» kompaniyasi «AvtoVAZ»ning 67,6 foiz aksiyalari egasi hisoblanadi. Ushbu ulush qiymati hozir taxminan 1,2 mlrd yevroni tashkil etishi mumkin.
Agarda fransuzlar Rossiyadan to‘liq chiqib ketishsa va butlovchi qismlar ta’minot zanjiri uzilsa, «AvtoVAZ» atigi uch xil «Lada»si bilan qoladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter