Kimda arzonroq: Renault mashinalarining O‘zbekiston va Rossiyadagi narxlari
Oktyabr oyida Rossiyada Renault avtomobillarining 3 ta markasi, uchalasi ham krossover, Arkana, Duster va Kaptur narxlari ko‘tarilgani kuzatildi.
Tahlillarga ko‘ra, ushbu mashinalarning o‘rtacha narxi 1,6 foizga oshgan. Kecha esa O‘zbekistonda ham aynan shu uchta markali avtoulovlar narxlari e’lon qilingandi (hozir Renault sayti ishlamayapti).
Rossiyada:
- Arkana – 1,306 mln. rubl(197,3 mln. so‘m)dan boshlanadi
- Duster – 1,017 mln. rubl(154 mln. so‘m)dan boshlanadi
- Kaptur – 1,22 mln. rubl(184,3 mln. so‘m)dan boshlanadi
O‘zbekistonda:
- Arkana — 230 879 300 so‘mdan boshlanadi
- Duster — 225 108 500 so‘mdan boshlanadi
- Kaptur — 221 115 600 so‘mdan boshlanadi
Albatta, O‘zbekistondagi narxlar Rossiyadagidan ko‘ra buncha qimmatligiga bojxona to‘lovlari va bojlar sababchi. Chunki O‘zbekistonda xorijiy mashinalarga «rastamojka» hali ochilganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter