Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 14 yoshli qiz telefonini quvvatlashga qo‘yib uxladi va tok urishidan vafot etdi

Qozog‘istonda 14 yoshli qiz telefonini quvvatlashga qo‘yib uxladi va tok urishidan vafot etdi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘istonning Olma-ota viloyatidiga Bestobe qishlog‘ida 14 yoshli qiz telefonini quvvatlashga qo‘yib uxladi va ertalab vafot etgan holatda topildi. Dastlabki tahminlarga ko‘ra qiz tok urishidan vafot etgan.

Ushbu voqea 28 sentyabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Hozircha telefon qaysi brendga oid ekani xabar qilinmagan. Qizning vafoti haqida politsiyaga uning ota-onasi xabar bergan.

Bo‘lib o‘tgan holat baxtsiz hodisa sifatida qabul qilingan. Ayni vaqtda vaziyatga oydinlik kiritish uchun surishtiruv ishlari davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Malayziyada o‘smir telefonini quvvatlashga qo‘ygan va naushnikni ulab, qo‘shiq eshitmoqchi bo‘lgan. U ertalab tok urishidan vafot etgan holatda topilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring