Qo‘shma fakultetning hududiy filiallari talabalari o‘qishi Toshkentga ko‘chirildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining qo‘shma «Axborot texnologiyalari» fakultetining hududiy filiallarida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishi Toshkent shahriga ko‘chirildi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan, TATU rektori maslahatchisi I.Sirelchuk va fakultet dekani Yu.Pisetskiylar tomonidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, barcha ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Hozirgi kunda ushbu fakultetning barcha talabalari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter