Pochta orqali pul o‘tkazmalari tariflari 50 foizgacha arzonlashdi
«O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati yurtimiz aholisi uchun 2020-yil 30-aprelgacha maxsus aksiyani e’lon qildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Endi «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatning respublikamizning barcha hududlaridagi avtomatlashtirilgan pochta aloqasi ob’yektlari orqali yaqin insonlaringizga tez va oson tarzda elektron pul o‘tkazmalarini yuborishingiz mumkin. Pul o‘tkazmalari tariflari 50 foizgacha arzonlashtirildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter