O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» ishlab ketdi
Bugun, 15-yanvardan O‘zbekistonda «Facebook» va «YouTube» hech qanday VPNsiz yana ishlab ketdi. Eslatib o‘tamiz, bir necha oydan buyon ushbu ijtimoiy tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishning imkoni bo‘lmayotgan edi.
«Facebook» O‘zbekiston hududida o‘tgan yilning sentabridan yopiq qolayotgan edi. «YouTube»ga esa oktyabr oyining boshlaridan kirish qiyinlashgandi.
Ayni paytda har ikkala ijtimoiy tarmoq ham VPNsiz ochilmoqda. Biroq ishlash tezligida muammolar hamon sezilyapti.
«Downdetector» ma’lumotlariga ko‘ra, «Facebook»ning ishlashida hamon biroz muammo bor. Ammo bu avvalgi holatga qaraganda ancha farq qiladi:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter