Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda boshqaruvchisiz uchuvchi vositalarni ishlab chiqarish tashkil etiladi

O‘zbekistonda boshqaruvchisiz uchuvchi vositalarni ishlab chiqarish tashkil etiladi

Фото: «3dnews.ru»

Xitoy Xalq Respublikasining «BShark Holdings Ltd.» (XXR) va «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi qoshidagi «Geoinnavatsiya markazi» DUK zamonaviy pilotsiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzoladi. Bu haqda «InfoCom» xabar bermoqda.

«Geoinnavatsiya markazi» DUK bir guruh xodimlar Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahriga qilingan tashrif chog‘ida memorandum imzolandi.

Imzolangan memorandumga muvofiq tomonlar birgalikda o‘qitish dasturlarini ishlab chiqadilar, seminarlar o‘tkazadilar, o‘zaro manfaatli sohalarda mutaxassislar bilan almashinadilar, hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ikki tomonlama ishchi tashriflar tashkil etadilar, PUA ning yangi loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar, ishlanmalar, PUA ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida olingan natijalarga oid axborot va tajriba almashib turadilar.

«BShark Holdings Ltd.» (XXR) kompaniyasi ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarini yetkazib berish, xodimlarni o‘qitish, sotuvlar va marketing bo‘limini tashkil qilish va muvofiqlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring