Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet ellik ijodiy guruhlarga dron olib kirishga ruxsat berildi

Chet ellik ijodiy guruhlarga dron olib kirishga ruxsat berildi

Foto: «iPhones.ru»

Chet el ijodiy guruhlariga O‘zbekistondagi madaniy-tarixiy yodgorliklar, tabiat boyliklarini targ‘ib qilish maqsadida mamlakatning sayyohlik salohiyati haqidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlari, jumladan dronlarni vaqtincha olib kirishga ruxsat berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 29 maydagi 398-qarori bilan 2014-yil 26-noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan noqonuniy foydalanishdan ogohlantirish to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartish kiritilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni xohlagan ijodiy guruhlar Davlat turizm qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkino» Milliy agentligiga ijodiy guruh va tasvirga olish joylari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda O‘zbekiston hududiga ularni vaqtincha olib kirish va foydalanishga ruxsat berish haqida murojaat qilishlari lozim.

Yuqoridagi muassasalardan biri Mudofaa vazirligi va Xavfsiz parvozlar ustidan nazorat davlat inspeksiyasini bu haqda ogohlantiradi va shundan so‘ng ijodiy guruhga olingan ruxsatni taqdim etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring