Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil armiyasi uchar «tez yordam» mashinalari bilan ta’minlanadi

Isroil armiyasi uchar «tez yordam» mashinalari bilan ta’minlanadi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Isroil armiyasi uchun uchuvchisiz boshqariladigan qurilma 2010-yilda ishlab chiqarilgan. Uning birinchi parvozi oradan 5 yil o‘tgach, 2015-yilda amalga oshirilgan edi. Yaqinda mazkur mamlakat armiyasi uchun «Cormorant» nomli «tez yordam» mashinasi sinovdan o‘tkaziladi boshladi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Sinov vaqtida bemor vazifasini maneken bajargan va unga tibbiy ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun datchiklar ulangan bo‘lgan. Bundan tashqari «jangchi» bilan ikki tomonlama radio va videoaloqa muntazam ta’minlanib turgan. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangan — apparat o‘zining ichidagi yukni oldindan ko‘rsatilgan mazilgan yetkazgan va yana ortiga qaytgan.

Taxminlarga ko‘ra, Isroil qurolli kuchlari «Cormorant»dan 2021-yildan boshlab foydalanishlari mumkin. Qurilmaga to‘rtta dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, bu uning turli manyovrlarni bajarishiga yordam beradi. Uchuvchisiz uchadigan qurilma havoga yarim tonnaga qadar yukni ko‘tara oladi va bir marta quvvatlanish orqali 50 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring