O‘zbekiston va Kuvayt texnologik hamkorlikni kuchaytirishga tayyor
Bugun, 2iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Kuvaytning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik, O‘zbekiston va Kuvayt davlatlari o‘rtasida o‘zaro axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, shuningdek, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-ta’lim sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Kuvayt davlati qator yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishayotgani, shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumat sohalarida erishgan natijalari, orttirgan tajribalari ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha sa’yi-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter