O‘zbekiston internet narxlari bo‘yicha BMT ko‘rsatkichini bajargan 4 davlatdan biri bo‘ldi
O‘zbekiston BMTning keng polosali mobil internet xizmatlari narxi bo‘yicha ikki foizlik foydalanish ko‘rsatkichlarini bajargan davlatlar qatoriga kirdi, deb xabar bermoqda AKT vazirligi axborot xizmati.
BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy oldi.
Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli «O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarini autsorsing qilish (BPO)» mavzusida tashkil etilgan xalqaro davra suhbatida so‘zlagan nutqida aytdi.
«O‘zbekiston o‘tgan yilda keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olganini mamnuniyat bilan qayd etaman» – dedi Marko Mantovanelli.
O‘zbekiston hukumati raqamli transformatsiyani o‘zining strategik kun tartibiga qo‘yib kelmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi va yangi ish o‘rinlarini yaratishda raqamli rivojlanishning muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli transformatsiyani o‘zining strategik kun tartibiga yuqori darajaga qo‘yildi. Ko‘plab dasturlar, jumladan, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, mamlakatda 600 mingga yaqin yangi ish izlovchilar 200 mingdan kam bo‘lmagan ish o‘rinlari uchun raqobatlashganini, bugunni kunda Hukumat yoshlar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratayotgani, raqamli ko‘nikmalarni mustahkamlash, IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) xizmatlarini ko‘paytirish, O‘zbekistonda, ayniqsa, hududlarda yuqori darajadagi masofaviy ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha yangi ustuvorliklarga erishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter