Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noyob asteroidning birinchi tasvirlari taqdim etildi

Noyob asteroidning birinchi tasvirlari taqdim etildi

Foto: «hi-tech.mail.ru»

Yer yuzida xavfli ob’yekt deb hisoblanadigan «Bennu» asteroidining «OSIRIS-REx» kosmik teleskopidan olingan ilk suratlari taqdim etildi.

Suratda aniq ko‘rinmasada, asteroid osmondagi boshqa yorqin ob’yetktlar orasida kichik porloq nuqta kabi ko‘rinadi. Biroq, bu rasmlar «OSIRIS-REx» funksiyalarini va uning kerakli nuqtaga aniq yo‘naltirilganligini tushunish uchun juda muhim.

Surat 2186228 km. masofadan olingan. Bu hali juda uzoq, ammo bunday masofadan Bennuni hali hech kim fotosuratga tushirmagan. Keyingi 5 yil ichida «OSIRIS-REx» asteroidga asta-sekin yaqinlashib, yangi tasvirlarni tushirib boradi. Qurilmaning vazifasi Bennu yuzasida amalga oshiriladi - bu yerda «OSIRIS-REx» asteroid yuzasining batafsil xaritasini yaratadi va yerga yuboriladigan asteroid changining namunalarini oladi.

Dunyoning barcha astronomlari Bennuga diqqat bilan e’tibor qaratmoqda, chunki bu asteroid sayyoramiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bennu XXII asrning oxiriga kelib Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli mavjud bo‘lib, bu ehtimol 2,700 dan 1 ga teng.

Aybek Aytimov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring