Norvegiya dunyoda birinchi bo‘lib FM-radiodan to‘liq voz kechdi
Norvegiya FM-radio tarmog‘ini raqamli radioga to‘liq almashtirgan dunyodagi birinchi davlat aylandi, deb xabar berdi «Korrespondent.net».
Mamlakat raqamli radioga o‘tishni shu yil yanvar oyida boshlagandi. 15-dekabr kuni eng shimoliy mintaqalar va Arktikadagi Svalbard arxipelagi oxiri bo‘lib raqamli audioeshittirishga o‘tdi.
Norvegiya rasmiylariga ko‘ra, raqamli radio ovozning a’lo sifati va ko‘proq kanallarni taklif etadi, qiymati esa FM-stansiyalar narxining sakkizdan biriga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tinglovchilarga o‘tkazib yuborgan dasturlarini qayta tinglash imkoniyatini yaratadi va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch xabarlar yetkazishni yengillashtiradi.
Shunaga qaramay so‘rovlarga ko‘ra, Norvegiya fuqarolari FM-radiolar bekor qilinganidan norozi.
Ko‘pchilik FM-radiostansiyalar orqali uzatiladigan favqulodda signallardan bexabar qolishdan xavotirda bo‘lsa, yana kimlardir mashinaga raqamli radioni o‘rnatish uchun qimmat adapter sotib olish lozimligidan nolimoqda. Chunki mamlakatdagi avtomobillarning 20 foizigina DAV-signallarini qabul qiluvchi qurilmalar bilan jihozlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter