Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nemischa sifat: Germaniyada standartlarni kim ishlab chiqadi?

Nemischa sifat: Germaniyada standartlarni kim ishlab chiqadi?

Foto: «RT»

Germaniyadagi ko‘plab me’yor va standartlar xalqaro darajada qo‘llaniladi. «Doyche Velle» yozishicha, bugungi kunda 34 mingdan ortiq nemis sanoat standartlari bor.

Konik shtiftlar

Berlinda 1917-yilning 22-dekabrida Germaniya sanoatini standartlashtirish qo‘mitasi tashkil etilgan, hozir uning davomchisi — Germaniya standartlashtirish instituti (DIN). Tashkil etilganidan o‘n hafta o‘tib qo‘mita birinchi rasmiy standartni qabul qilgan. Bu mashinsozlik uchun konik shtiftlar o‘lchamlari edi.

Oddiy so‘rg‘ich, lekin...

Hatto so‘rg‘ich uchun ham standart bor. DIN turli yoshlar uchun turli standartlarni belgilaydi — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, 2 oylikkacha bo‘lgan go‘daklar, 2 oylikdan 6 oylikkkacha bo‘lgan go‘daklar, 6 oylikdan 18 oylikkacha bo‘lgan go‘daklar uchun. Bu biz o‘ylaganimizchalik oddiy ish emas. Ishlab chiqaruvchilardan so‘rg‘ichlar gardishini (bolalar yutib yubormasligi uchun) kengroq va bola erkin nafas olishi uchun tirqishli qilib ishlab chiqish talab etiladi.

A4 va boshqa formatlar

O‘zaro hujjat almashinishda qog‘ozlar katta rol o‘ynaydi. Ilgari har bir qog‘oz fabrikasining o‘z standarti bo‘lgan va qog‘ozlar turli o‘lchamlarda chiqarilavergan. Germaniyada 1922-yili bu muammoga chek qo‘yildi. Nemis muhandisi va matematigi Valter Porstman ishlab chiqqan formatlar qabul qilindi. Masalan, eng ko‘p ishlatiladigan A4 formati ham Porstmanning ishi.

Gril

Dunyo bo‘ylab urfga kirgan grillar ham nemis standartlariga asoslangan. Grilda odatda cho‘yan yoki zanglamas po‘latdan yasalgan panjaralar ishlatiladi. DIN standartiga ko‘ra, panjara simlari oralig‘i 20 millimetrdan oshmasligi kerak, shundagina pishirilayotgan go‘sht bo‘lagi pastga tushib ketmaydi va kuymaydi.

Tish cho‘tkasi

Stomatologlar tish cho‘tkasini har uch oyda almashtirib turishni tavsiya qilishadi. Tish cho‘tkasi qanday tanlanadi? DIN sifat belgisi qanday?

Cho‘tka tolalalari qattiqligi indeksi kvadrat millimetrga tushadigan nyutonlarda o‘lchanadi. DIN standartlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 15 nyuton bo‘lishi shart. Bu eng maqbul yechim.

Eko yorliqli kir yuvish mashinasi

Nemislar Yevropa standartlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda elektr asboblari sifatiga talablarni ham ishlab chiqishmoqda. Masalan, kir yuvish mashinasini sotib oluvchilar uning markirovkasiga e’tibor berishlari kerak. Agarda mashinada standart «ekologik» yorliqlar (masalan, elektr sarfi normalari) bo‘lsa, bilingki, u   CEN va DIN xalqaro talablari asosida yig‘ilgan.

Standartlar yetakchisi

Germaniya standartlashtirish instituti(DIN)ning asosiy vazifasi — normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish. Bu jarayonga fan va texnikaning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan 26 mingdan ziyod ekspertlar jalb etilgan. DIN — standartlar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri.

Suratda: ushbu notijoriy tashkilotning 100 yil oldingi bosh ofisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring