Standartlashtirish to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi

Prezident «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
- Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
- standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:
- qisqa (1 yilgacha);
- o‘rta (1 yildan 5 yilgacha);
- uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- milliy standartlar;
- xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
- xorijiy mamlakatlarning standartlari.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter