Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muvaffaqiyatli startaplar qanday yaratiladi?

Muvaffaqiyatli startaplar qanday yaratiladi?

Vladimir Parximenko.

Foto: «Inha.uz»

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti «Iqtisodiyot kafedrasi» mudiri Vladimir Parximenko Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari bilan muvaffaqiyatli startaplarni yaratish bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda u Belarus yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish va rivojlantirish tarixi haqida so‘zlab berdi. Ushbu park Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yirik IT-klasterlardan biridir. Park rezidentlari butun dunyoga taniqli bir qancha IT-loyihalarni ishlab chiqishgan. 

Vladimir Parximenkoning qayd etishicha, Park rezidentlarining mahsulotlaridan biri – «War of Tanks» onlayn o‘yini, «Viber» bepul qo‘ng‘iroqlar ilovasi va boshqalar.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Yuqori texnologiyalar parki xodimlarining 35 foizdan ortig‘i Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetini bitirgan. 

Belaruslik mutaxassis shuningdek, Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari bilan muvaffaqiyatli startaplarni yaratish bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning fikricha, startap asoschilari kuchsiz va kelajagi yo‘q g‘oyalardan voz kechish uchun eng avvaldan g‘oyaga yuqori talab qo‘yishi kerak. U startaplar uchun 10 ta savol-filtr haqida so‘zlab berdi, bu startaplar asoschilariga o‘z loyihalari qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishini aniqlash imkonini beradi.

Vladimir Parximenko startap loyihasi uchun biznes modellarini ishlab chiqish, loyihani monetizatsiya qilish uchun modellar va boshqalar haqida ham so‘zlab berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring