Moliya vazirining «Facebook»da rasmiy sahifasi ochildi
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning «Facebook»da rasmiy sahifasi ochildi.
«Rasmiy sahifamga xush kelibsiz! Hurmatli do‘stlar, men sizlarni mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan moliyaviy islohotlar hamda ish faoliyatim bilan ijtimoiy tarmoq yordamida xabardor qilib bormoqchiman. Shu bilan birga, sizning fikringiz, taklif va mulohazalaringiz men uchun juda muhimligini bildirmoqchiman. Sizlar bilan bevosita muloqot qilishdan bag‘oyat mamnunman», — deya post qoldirgan Jamshid Qo‘chqorov.
Bosh vazir o‘rinbosarining rasmiy sahifasida moliya vazirligi faoliyatiga oid yangiliklar, tahlillar, intervyular berib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter