AKT vazirligi rahbariyati Minsk shahriga jo‘nab ketdi
Bugun, 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov boshchiligidagi AKT vazirligining ma’sul xodimlari joriy yilning 1-4-iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tadigan «TIBO-2021» XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun Minsk shahriga jo‘nab ketishdi.
Ushbu forumda xalqaro miqyosdagi yetakchi kompaniyalar, IT-universitetlar rahbarlari, IT-ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
«TIBO-2021» forumi dasturi 30 dan ortiq asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. III Yevroosiyo raqamli forumi, IV Belarus AKT sammiti, «Raqamli iqtisodiyot» forumi, «5G dasturini mobil telekommunikatsiya tarmoqlarida joriy etish va ishlatish tajribasi» nomli Xalqaro elektraloqa ittifoqining mintaqaviy o‘quv seminari shular jumlasidandir.
«TIBO-2021» tadbiri davomida «TIBO-2021» Internet mukofoti», «Belarus ICT Startup Award» mukofoti, shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy dasturlash bo‘yicha V Xalqaro Scratch-olimpiadasining saralash bosqichi natijalari sarhisob qilinadi.
Shuningdek, forum doirasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter