Litsey o‘quvchisi soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladigan tejamkor avtomobil ixtiro qildi
«O‘zLiDeP» Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent Turin politexnika universitetida «Yosh innovatsiyachi» ko‘rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda 10 ga yaqin yosh ixtirochilar o‘zlarining yangi g‘oya va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi.
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti akademik litseyining 2 bosqich o‘quvchisi Islom Alamov ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan yosh ixtirochilardan biri. U o‘z taqdimotida yaqinda yaratgan «Lotos 7» avtomobilini namoyish etdi.
– VAZ 2103 vorisi sifatida yaratilgan ushbu mashina soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladi, eng muhimi, 100 km masofaga 7 litr yoqilg‘i sarflaydi, – deydi yosh ixtirochi. – Shu bois mazkur loyiham tanlov qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi va hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. Kelgusida uni yanada takomillashtirib, poyga mashinasi sifatida foydalanish niyatim bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter