«Lenovo Z5» — 0 foiz quvvatda ham 30 daqiqa ishlash qobiliyatiga ega smartfon
«Lenovo» kompaniyasi yangi «Z5» flagmanini bugun, 5-may kuni taqdim etadi. Kuni kecha kompaniyaning ijrochi direktori smartfonning tizer suratini «Weibo» mikrobloglar platformasiga joylashtirdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, flagman old va orqa panellari oynadan ishlangan metall ramaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari smartfonga vertikal ravishda ikkitalik kamera o‘rnatiladi. «Lenovo» smartfoni «iPhone X»ni kabi ko‘rinishga ega, biroq uning old tomonida «Apple» mahsulotidagi kabi «qirqim» bo‘lmaydi.
«Z5» smartfonida ekran qurilmaning 95 foizini egallab oladi va yuqori hamda pastki qismida ultraingichka hoshiyalar mavjud. Shuningdek, «Lenovo» flagmaniga «Snapdragon 845» protsessori va sun’iy intellektga ega selfi kamerasi o‘rnatilishi kutilmoqda.
Kompaniya vitse-prezidentining ma’lum qilishicha, «Z5» «kutish rejimi»da 45 kun ishlay oladi. Hatto qurilma 0% quvvati qolgan bo‘lsa-da, 30 daqiqa ishlash qobiliyatiga ega. Qolgan tafsilotlar bugun bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimida e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter