Noutbuklar bozori: pastga va tepaga
To‘rt choraklik betinim o‘sishdan so‘ng noutbuklar bozorida ilk pasayish kuzatildi. Xuddi 2016-yilning shu davridagi kabi 41,5 mln.ta qurilma sotildi. Bu haqda «Digitimes Research» kompaniyasi ma’lum qildi.
Biroq yangi yilning birinchi choragida yana jonlanish kutilmoqda. Xrombuklarning chiqarilishi, Xitoy o‘yinlar bozori va korporativ segmentdagi talabning o‘sishi bozorning «jonlantiruvchilari» bo‘ladi.
«Hewlett-Packard» savdosida pasayish kuzatilsa-da yetakchi vendorlikni saqlab qoladi, «Lenovo» esa, aksincha, olti oy qatorasiga tanazzuldan so‘ng o‘z qurilmalari sonini oshiradi. Yetakchi beshlikka, shuningdek, «Apple», «Acer» va «Asustek» kirishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter