Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida yillik shartnoma puli ma’lum qilindi

Kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida yillik shartnoma puli ma’lum qilindi

«D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti»ning Toshkent shahridagi filiali hujjat qabul qilishni boshladi va joriy yil uchun qabul kvotalari belgilandi.

Unga ko‘ra jami kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 200 ta o‘rindan iborat qabul kvotasi ajratildi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

Kimyo texnologiyasi - 125
Texnosfer xavfsizlik - 25
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi – 25
Materialllarni badiy qayta ishlash texnologiyasi - 25

Filialga qabul kunduzgi ta’lim shakli yo‘nalishlari bo‘yicha 40 foizi — davlat granti, 60 foizi- to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim bosqichi – bakalavriat
O‘quv muddati – 4 yil
Ta’lim berish rus tilida amalga oshiriladi.
Yillik kontrakt - 1500$ (Markaziy Bank kursi bo‘yicha)

Kerakli hujjatlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishib olish mumkin. Hujjatlarni qabul qilish 20 iyundan 15 iyulgacha amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998997849344
+998996445238
+74999785960

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring