Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada bankomatlar «urfdan qolmoqda»

Janubiy Koreyada bankomatlar «urfdan qolmoqda»

Foto: «Daily Mail»

Janubiy Koreyada bankomatlar soni tinmay qisqarib boryapti. Bu haqda «Yonhap News» Koreya bankiga asoslanib xabar tarqatdi.

Hozir Koreya Respublikasida jami 121 492 ta, ya’ni 2013-yildagidan 2 744 ta kam bankomat ishlatilyapti.

OAV xabarlariga ko‘ra, buning sababi internet-banking xizmatlari ommalashishi natijasida banklar shoxobchalari sonining qisqarib borayotganidir.

«Bankomat — internet yoki mobil banking nimaligini bilmaydiganlar (bular asosan keksalar va aholining kam ta’minlangan qatlamlari) uchun bank xizmatlari ko‘rsatuvchi qurilma. Bu muammoning yechimini topish choralarini ko‘rishimiz kerak», — deyishmoqda banklar mutaxassislari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring