Elektron raqamli imzo narxi arzonlashtirildi
Jismoniy shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo (ERI) uchun to‘lov narxi arzonlashtirildi. Bu prezidentning 5-iyundagi farmonida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda «Spot».
Endilikda jismoniy shaxslar ERI olish uchun avvalgidek eng kam ish haqining 10 foizi (17 224 so‘m) miqdorida emas, 7 foiz (12 056 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar. Boshqa toifalarda narx o‘zgarishsiz qolgan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ERI bepul beriladi.
Shuningdek, respublikamizning 14 hududidan bittadan tumani belgilab olingan bo‘lib (masalan, Toshkent shahrida Yunusobod tumani), shu tuman aholisiga elektron raqamli imzo bepul beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter