Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Maskning fazoviy interneti: tezlik — raketa, narxlar — osmon

Ilon Maskning fazoviy interneti: tezlik — raketa, narxlar — osmon

Foto: «808.media»

Ilon Maskning «SpaceX» kompaniyasi o‘z fazoviy interneti — «Starlink»ning yangi tarifini sotishni boshladi.

Endi barcha istovchilar (va imkoniyati borlar) 150 dan 500 Mbit/soniyagacha tezlikdagi tarifga ulanishi mumkin.

Yangi servis nomi — «Starlink Premium». Bu tarif doirasida yuklash tezligi 20-40 Mbit/soniyagacha oshirildi. Tezlik juda yuqori, narxi ham shunga yarasha.

Solishtirish uchun: «Starlink» oddiy tarifidan foydalanish oyiga 99 dollarga teng. «Starlink Premium» esa 500 dollar (oyiga). Bundan ham avval 2500 dollarga antenna sotib olish kerak. Eslatib o‘tamiz, Maskning fazoviy internetini tutadigan eng oddiy antenna (100 Mbit/s. tezlikdagisi) narxi — 499 dollar.

Yangi servis «ekstremal ob-havo sharoitlari»da yaxshiroq ishlashi aytilmoqda. Mijozlar esa haftasiga 7 kun betinim qo‘llab-quvvatlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring