Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi

«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi

Bu texnologiya 3000 mAch sig‘imli batareyani atigi 5 daqiqa ichida 48 foizga quvvatlaydi.

Foto: «3dnews.ru»

«Huawei» kompaniyasi barcha smartfonlar akkumulyatorlarini quvvatlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqdi. U orqali 3000 mAch sig‘imli batareyani atigi 5 daqiqa ichida 48 foizga quvvatlashga erishilgan, deb xabar beradi «akket.com».

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, quvvatlashning bunday o‘ta tezkor usuli akkumulyatorga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha, bu texnologiya batareyalarning muddatidan oldin eskirib qolishini oldini oladi. Hozircha, texnologiyaning bir kamchiligi bor: akkumulyatorni quvvatlash uchun uni smartfondan ajratib olish va quvvat olganidan keyin yana qurilmaga o‘rnatish kerak bo‘ladi. Mutaxassislar hozirda ushbu kamchilikni bartaraf etish ustida ishlashyapti.

«Huawei» tezkor quvvatlashning yangi texnologiyasini joriy yilning 26-fevralidan 1-martigacha Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida taqdim etishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring