Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei O‘zbekistondagi o‘tgan yil natijalari bilan o‘rtoqlashdi va 2022 yilga mo‘ljallangan rejalarini e’lon qildi

Huawei O‘zbekistondagi o‘tgan yil natijalari bilan o‘rtoqlashdi va 2022 yilga mo‘ljallangan rejalarini e’lon qildi

2022 yilning 7 may kuni Huawei kompaniyasi O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari uchun kompaniyaning o‘tgan yildagi faoliyati va 2022 yilga mo‘ljallangan rejalari bilan tanishish maqsadida press-brifing o‘tkazdi.

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida kompaniyaning 2021 yildagi faoliyati bilan tanishish maqsadida press-brifing bo‘lib o‘tdi. Jurnalistlar yangi bosh direktor janob Chen Szyakay bilan tanishtirildi, u 2022 yil mart oyi oxiridan boshlab kompaniya rahbari lavozimida ish boshladi.

«Huawei kompaniyasining O‘zbekistonda jurnalistlar bilan brifinglar o‘tkazish, faoliyati natijalari va istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashish yaxshi an’anaga aylanganidan xursandman. Bugun, Aloqachilar kasb kunida siz bilan uchrashuv tashkil etish imkoniga ega bo‘lganim uchun o‘z minnatdorchiligimni izhor etishga va sizlarni ushbu bayram bilan tabriklashga ijozat bering. AKT texnologiyalari hayotning har qanday sohasi, turli sanoatlari va yo‘nalishlari rivojlanishining ajralmas qismiga aylandi. AKT mutaxassislarining mamlakat infratuzilmasini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi esa kelajakning barqaror rivojlanishiga katta hissadir», — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Brifingda Huawei kompaniyasi 2021 yilda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida kompaniya ishtirokida amalga oshirilgan va ishga tushirilgan loyihalarning qisqacha tavsifini taqdim etdi, shuningdek, ta’lim va atrof-muhitni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar haqida ma’lumot berdi. Masalan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universiteti hamda «O‘ztelekom» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 5G texnologiyalari, internet asosida boshqaruv, monitoring va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda «aqlli» qishloq xo‘jaligi loyihasi amalga oshirildi. Mazkur loyiha qishloq va suv xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekinlar monitoringi samaradorligini oshirish imkoniyatlarini namoyish etadi.

Shuningdek, ushbu loyiha 2020 yilda ishga tushirilgan «GreenUzbekistan» tashabbusining bir qismiga aylandi.

«GreenUzbekistan» tashabbusi doirasida Huawei ikkita ekoloyihaga qo‘shildi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining «Green Aral Sea» va «Yuksalish» milliy harakati tomonidan boshlangan «Bir million daraxt» loyihasi».

Ikki yil davomida « Green Aral Sea» loyihasi doirasida Orol dengizi tubini obodonlashtirish uchun 30 ming tup saksovul ko‘chati xarid qilish va ekishga ko‘mak berildi hamda «Yuksalish» kompaniyasi bilan hamkorlikda Bolalar milliy tibbiyot markazi, «Do‘stlik» bog‘i hududiga va Bo‘stonliq tumani Qoranko‘l qishlog‘i yaqinida ko‘chatlar o‘tqazildi.. Huawei atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish orqali O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishda davom etish niyatida.

Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri ham ta’lim sohasidir. 2021 yilda Huawei «Seeds for the Future» global o‘quv loyihasini o‘tkazdi, u yerda O‘zbekistonning IT yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlaridan 25 nafar talaba ishtirok etdi. Loyiha ishtirokchilariga AKT texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish, ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ekspertlarning ma’ruzalarini tinglash, boshqa mamlakatlar ishtirokchilari bilan madaniy qadriyatlar almashish, Xitoy an’analari va madaniyati bilan tanishish imkonini berdi. Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston talabalari uchun sakkizinchi loyiha bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili shuningdek, o‘rta va xalq ta’limi sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirildi. Shu tariqa, Toshkent shahridagi 59-maktabda xitoy tilini eng mukammal egallagan uchun stipendiya tanlovi tashkil etildi va joriy yil boshida Dungan qishlog‘idagi 42 -maktabning ikkita sinf xonasida moddiy-texnik bazasi yangilandi.

Tuzilgan memorandumning doirasida 2022 yilda kompaniya mahalliy aloqa operatorlari va hamkorlari bilan AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. 2022 yil mart oyida Barselonada bo‘lib o‘tgan Butunjahon mobil kongressida AKT vazirligi bilan memorandum imzolangan bo‘lib, u ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, konsalting yordamini ko‘rsatish va O‘zbekistonda elektron hukumat, sun’iy intellekt va BPOni rivojlantirish mavzularida «Oq kitoblarni» ishlab chiqish , shuningdek, qo‘shma ijtimoiy loyihani amalga oshirishni nazarda tutgan.

O‘z navbatida, HuaweiConsumer bo‘limi O‘zbekiston bozoriga bu yili smartfon, noutbuk , planshetlar, mobil keng polosali qurilmalar kabi bir qator yangiliklarni taqdim etadi. Ular HUAWEI qurilmalari o‘rtasida yaxshilangan aqlli o‘zaro aloqani yaratish va O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun yangi tajriba taqdim etish imkoniyatiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring