«Huawei» kompaniyasi telefonlari «Apple»dan eng yaxshi kamerali smartfon maqomini tortib oldi

Eng yaxshi «kamerofon».
Xitoy ishlab chiqaruvchilari o‘z gadjetlarini takomillashtirgan holda doimiy ravishda sifat standartlarini yaxshilab bormoqda, deyiladi «Polit ekspert» nashri xabarida.
«Mobile Photography Awards» tashkiloti ekspertlari guruhi eng sifatli fotosurat oladigan smartfonlarni o‘rgandi. Ekspertlarni «Huawei Mate 9» va «Huawei P10» smartfonlarida olingan fotolar sifati ajablantirdi va bu tanlovda g‘olib deb topildi.
Shu vaqtga qadar eng yaxshi «kamerofon»lar sifatida «iPhone»lar tilga olinardi. Endi «Huawei» mahsulotlari bu maqomni tortib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter