HTC kompaniyasi qulamoqda: smartfonlar savdosi 68 foizga tushib ketdi
Tayvanning HTC smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda. Iyun oyida kompaniyaning smartfonlar savdosi 68 foizga tushib ketdi. Bu haqda «Ferra.ru» xabar bermoqda.
Bu ko‘rsatkich kompaniya faoliyatining so‘nggi ikki yilida yuz bergan eng keskin pasayish bo‘ldi. Kuchli raqobat sharoitida HTCning xaridorlari yildan-yilga kamayib bormoqda.
Iyun oyida savdo tushumi 72 million dollar atrofida bo‘ldi. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 226 million dollarni tashkil etgan edi. May oyida ham jami 80 million dollarlik savdo qayd etilgan.
HTC o‘tgan haftada kompaniya ish o‘rinlarining qariyb chorak qismi — 1,5 ming kishiga qisqartirilishi haqida e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter