Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning nufuzli OTMsi viloyatlarda filiallarini ochmoqchi

Hindistonning nufuzli OTMsi viloyatlarda filiallarini ochmoqchi
24-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Hindistonning «Integral» universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 
 
Hozirgi kunda ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirib, yurtimizda o‘z filiallarini ochish istagini bildirmoqda.
 
Ular qatorida Hindistonda yuqori nufuzga ega «Integral» universitetini ham aytish mumkin. Samarali hamkorlikni o‘rnatishga kelgan «Integral» universitetining vakillari ham viloyat hududlarida o‘z filiallarini ochish istagini bildirib, taqdimot o‘tkazdi.
 
Bundan tashqari, uchrashuvda mehmonlar IT-mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari bilan ham tanishtirildi.
 
Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga oid Hindiston tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar ham berildi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring