Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston politsiyasi 5G ga qarshi

Hindiston politsiyasi 5G ga qarshi

Foto: Business India

Hindiston politsiyasi 5G texnologiyasini mamlakat aholisi hayoti uchun xavf tug‘diruvchi hamda jinoyatchilikning o‘sishiga olib keluvchi omil deb hisoblamoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qatnashgan anjumanda politsiyachilar jamoaviy bayonotni taqdim etishdi. Iddao qilinishicha, yangi texnologiya oson qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan hamda ochiq internet-protokollarga asoslangan, qolaversa, avvalgi uyali aloqa standartlarining barcha kamchiliklarini meros qilib olgan.

Jinoyatchilar ushbu texnologiyadagi bo‘shliqlardan pullarni yuvish, giyohvand moddalar savdosi, qurol oldi-sotdisi kabi qora ishlarida foydalanishlari mumkin. Ayniqsa, beshinchi avlod standarti «narsalar interneti» (IoT)ga tatbiq etilib, tobora unga ko‘proq qurilmalar ulanib borilaversa, kiberhujumlar xavfsi yanada oshadi, deya xavotir bildirishdi politsiyachilar.

«Kompleks yondashuv kerak. 5G ekotizimini va tarmoq infratuzilmasini yaratishda qurilmalarni eng ishonchli manbalardan olish, iste’molchilarni esa yangi texnologiya ortida turgan tahdidlardan ogohlantirish kerak», — deyiladi politsiya bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring