Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hasselblad kamerali OnePlus 11 flagmani taqdim etildi

Hasselblad kamerali OnePlus 11 flagmani taqdim etildi

Xitoyda yangi OnePlus 11 flagman smartfonining taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar berdi GizmoChina.

Flagman dizayni jiddiy o‘zgardi, ayniqsa, kameralar joylashgan doira ko‘rinishidagi maydon yaqqol ajralib turadi: unda uchta kamera (50, 48 va 32 MP), yorug‘lik diodli chaqin, Hasselblad yozuvi joylashgan. Professional fotoqurilmalar bozorida nufuzga ega ushbu shved kompaniyasi OnePlus smartfoni kameralarini ishlashda hamkorlik qildi.

OnePlus 11 smartfoni 6,7 dyuymli AMOLED (Samsung mahsuloti) ekranga ega, yechimi 3216x1440 piksel, yangilanish sur’ati 120 Gs gacha. Stereodinamika tizimi mavjud. Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessori o‘rnatilgan, 12 yoki 16 GB operativ, 256 yoki 512 GB ichki xotiraga ega.

Smartfonning akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs bo‘lib, 100 Vt gacha tezkor quvvatlash texnologiyasi tatbiq etilgan. IP54 standarti bo‘yicha tayyorlangan korpusi smartfonni suv va chang-g‘uborlardan himoya qiladi.

Flagman ertaga, 9-yanvardan Xitoyda savdoga chiqariladi. Global talqini esa 7 fevral kuni taqdim etiladi. Xitoydagi narxi — 4 mingdan 4,9 ming yuangacha (585–715 dollar atrofida).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring