Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» yangi smartfonlarini taqdim etdi — Pixel 6 va Pixel 6 Pro (video)

«Google» yangi smartfonlarini taqdim etdi — Pixel 6 va Pixel 6 Pro (video)

Foto: «The Verge»

«Google» kompaniyasi Android 12 operativ tizimi o‘rnatilgan  va o‘zining Tensor protsessorlarida ishlovchi yangi — Pixel 6 va Pixel 6 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda «The Verge» xabar berdi.

Smartfonlar 28-oktyabrdan sotuvga chiqadi.

Pixel 6 da displey 6,4-dyuymli (FHD+), ekran yangilanish chastotasi 90 Gs. Pixel 6 Pro esa 6,7 dyuymli displey (QHD+)ga ega bo‘lib, ekran yangilanish chastotasi 10 dan 120 Gs.gacha.

O‘lchamlari bo‘yicha Pixel 6 smartfoni iPhone 13 Pro Max bilan bir xil, Pixel 6 Pro esa kattaroq.

Har ikki smartfonda 50 MP kamera o‘rnatilgan. Ulardagi 1/1.31 o‘lchamli sensorlar oldingi Pixel 5 nikiga nisbatan yorug‘likni 150 foiz yaxshiroq tutadi.

Yangi smartfonlarda soniyasiga 4K/60 kadrli video yoki soniyasiga 240 kadrli 1080p o‘lchamli slow-mo (sekinlashtirilgan) video olish mumikn.

Yangiliklardan yana biri — Pixel 6 da Live Translate funksiyasi paydo bo‘ldi, u nutqni 48 tildan biridagi matn yoki audioga aylantirib bera oladi.

Narxlar:

  • Pixel 6 — 599 dollardan boshlanadi;
  • Pixel 6 Pro — 899 dollardan boshlanadi.

To‘liq tafsilot quyidagi videoda:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring