Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google»: Shimoliy Koreya raketasi qanchalik uzoqqa uchadi?

«Google»: Shimoliy Koreya raketasi qanchalik uzoqqa uchadi?

«Google» qidiruv tizimi.

Foto: «Politeka.net»

«Google» kompaniyasi maxsus tayyorlagan videorolikda o‘tgan 12 oy davomida foydalanuvchilarni nimalar ko‘proq qiziqtirgani tasvirlangan.

Yil davomida «Irma» to‘foni, «iPhone X» hamda «iPhone 8» smartfonlari, shilqimlikda ayblanib ishdan haydalgan teleboshlovchi Mett Lauer, aktrisa Megan Markl internet-qidiruvchilar diqqat-markazida bo‘ldi.

Qolaversa, o‘rmon yong‘inlari va to‘fonlar qay tariqa yuzaga kelishi, Shimoliy Koreya raketasi qanchalik uzoqqa uchishi, dunyoda qochoqlar soni qanchaligi ham aksariyat internet foydalanuvchilari e’tiborida bo‘ldi. Foydalanuvchilar Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadagi saylov jarayonlari bilan bog‘liq so‘rovlar bilan «Google»ga ko‘p murojaat qilishdi. Kinoshinavandalar esa eng ko‘p «U» hamda «Mo‘jizakor ayol» filmlarini qidirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring