Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiyada elektr samolyotlar ishlab chiqish jadallashdi

Finlyandiyada elektr samolyotlar ishlab chiqish jadallashdi

Foto: «Helsinki Electric Aviation Association»

Finlyandiyada yo‘lovchi tashuvchi tijoriy samolyotlarni ishlab chiqish jadallashdi, deya xabar berdi Xelsinki elektr samolyotlar assotsiatsiyasi.

Finlyandiyadagi dastlabki ikki o‘rinli «Pipistrel Alpha Electro» (OH-U682) elektr samolyoti 2018-yil 31-iyulda ilk parvozini amalga oshirgandi. Seshanba kuni Finlyandiya aeroportlariga boshchilik qiluvchi «Finavia» kompaniyasi Xelsinki elektr samolyotlar assotsiatsiyasi bilan tijoriy elektr samolyotlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishga va mazkur transport vositasini xarid qilishga kelishib oldi.

«Bu 400 kilometrgacha parvoz qiladigan 9 — 20 kishilik samolyot bo‘lishi kutilmoqda. Elektr aviatsiya yordamida parvoz ekologik toza bo‘ladi, elektr samolyotlar esa ekologik toza transport turiga aylanadi. Elektr aviatsiya tinch ishlaydi, shu bois shovqin ham kamayadi», — dedi elektr samolyotlar assotsiatsiyasi rahbari Yaanne Vasama.

Mazkur transport turi hududiy aviatsiya aloqalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Finlyandiyada elektr samolyotlarda ilk tijoriy reyslar 2025-yildan keyin yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring