«Kabellar urushi» boshlandimi? Bu safar Shvetsiya–Finlyandiya kabeli uzildi
Shvetsiya va Finlyandiyani bog‘lovchi telekommunikatsiya kabeli uzildi. Bu haqda Helsingin Sanomat gazetasi xabar berdi.
Uzilish kecha kechqurun Finlyandiya hududida aniqlangan. Finlyandiya politsiyasi uzilish «jinoiy faoliyat doirasida» amalga oshirilganini taxmin qilyapti. Shvetsiya hukumati hodisadan xabardor etilgan.
So‘nggi paytlarda Boltiq dengizi raidiusida telekommunikatsiya kabellari shubhali tarzda tez-tez uzilmoqda. 17-noyabr kuni Shvetsiya va Litva, 18-noyabr kuni Finlyandiya va Germaniyani bog‘lovchi aloqa kabeli uzilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter