Prezident farmoni qabul qilindi
«2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.
Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash Strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:
- innovatsion faoliyat sub’yektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
- innovatsion infratuzilma sub’yektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
- innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni 4 baravarga oshiriladi.
2022 yil 1 avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda «tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot» zanjirining yaxlit tizimi joriy etiladi.
2022 yil 1 avgustdan «tubdan yangilovchi» innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
- mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar bo‘yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi beriladi;
- ustav fondida 50 va undan ko‘p foiz davlat ulushi bor xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bunda:
➖mablag‘lar «tubdan yangilovchi» innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;
➖Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter