Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni qabul qilindi

Prezident farmoni qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash Strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Farmonga muvofiq Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:

  • innovatsion faoliyat sub’yektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
  • innovatsion infratuzilma sub’yektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
  • innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni 4 baravarga oshiriladi.

2022 yil 1 avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda «tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot» zanjirining yaxlit tizimi joriy etiladi.

2022 yil 1 avgustdan «tubdan yangilovchi» innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

  • mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar bo‘yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi beriladi;
  • ustav fondida 50 va undan ko‘p foiz davlat ulushi bor xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bunda:

➖mablag‘lar «tubdan yangilovchi» innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;

➖Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring