Yerdan tashqarida hayot izlari topildi
«Xayabusa» zondi yordamida Itokava asteroididan keltirilgan tuproq namunasida suv va organik hayot izlari topilgani haqida bir guruh olimlar ma’lum qilishdi.
Topilgan moddalarning kelib chiqishi Yerga taalluqli emas, bunga ekspertlarning ishonchi komil.
35 million tonnalik Itokava asteroidi Yer va Mars orbitalari chegaralaridagi fazoda kezib yuribdi.
Yana bir topilma haqida «Rossiya 24» telekanali xabar berdi. Quyoshdan uncha uzoq bo‘lmagan masofada hayot mavjudligi taxmin qilinayotgan ekzoplaneta topilgan. Unga «Olovli» super yer nomini berishgan.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ekzoplaneta Yerga juda ham o‘xshash. Faqat harorati juda baland — Selsiy bo‘yicha 400 daraja atrofida. Uning atmosferasi hayot uchun yaroqlimi-yo‘qmi, shuni aniqlash qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter