Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p sotilayotgan smartfon brendlari ma’lum qilindi

Eng ko‘p sotilayotgan smartfon brendlari ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Canalys tahlilchilari 2023-yilning birinchi choragi uchun eng mashhur smartfon brendlarini ma’lum qilishdi. Statistik ma’lumotlar  Canalys rasmiy saytida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samsung ushbu davrda eng ko‘p smartfon sotgan - uning ulushi jami 22 foizni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rindan Apple (21 foiz), uchinchi o‘rindan Xiaomi (11 foiz) joy oldi. Kuchli beshlikka Oppo (10%) va Vivo (8%) kabilar ham kirgan.

Qolgan barcha brendlar smartfonlarining umumiy ulushi 28 foizni tashkil etdi.

Ayni paytda jahon smartfon bozorida pasayish kuzatilmoqda. Xaridlar o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 12 foizga pasaygan. Buning sabablari global iqtisodiy inqiroz, shuningdek, mijozlar yangi qurilmalarni sotib olishdan ko‘ra, eski smartfonlarni ishlatib turishni ma’qul ko‘rmoqda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring