Eng innovatsiyalashgan mamlakatlar aniqlandi (reyting)
«Derwent» ekspertlari «Top 100 Global Innovators 2020» reytingini e’lon qilishdi.
Innovatsiyalar tobora ko‘p ko‘p tarqalmoqda, mamlakatlarni qamrab olmoqda, hamkorlikni rivojlantiryapti. Bitta patentga to‘g‘ri keluvchi ixtirochilar soni esa oshmoqda.
Top-100 ni tuzish uchun ekspertlar jahondagi 14 000 ta kompaniyani o‘rganishdi. Tadqiqotda ish hajmi, ta’siri, muvaffaqiyat va globalizatsiya kami omillar inobatga olindi.
Qaysi mamlakatlar Top-100 ga kirdi?
- Irlandiya
Irlandiya oxirgi yillarda jahondagi innovatsiya yetakchilaridan biriga aylandi. Juda ko‘plab innovatsiya kompaniyalari bo‘lsa-da, mamlakatdagi bitta kompaniya Top-100 ga kiritildi. Mamlakatda farmatsevtika, axborot texnologiyalari, tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish kabi sohalar o‘ta rivojlangan.
- Finlyandiya
Finlyandiya iqtisodiyati keyingi yillarda eng raqobatbardosh iqtisodiyotlar qatoriga kirdi. Suomida ham innovatsiyalarni rivojlantirayotgan ko‘plab kompaniyalar bor, shunga qaramay finlarning ham bitta kompaniyasi «top»da.
- Niderlandiya
Niderlandiya — iqtisodiyotining asosini sanoat va xizmat ko‘rsatish tashkil etuvchi yuqori taraqqiy etgan mamlakat. Ilmiy tadqiqotlar ham mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega. Top-100 ga ikkita niderland kompaniyasi kirdi.
- Shveysariya
Alp mamlakati iqtisodiyotining o‘zagini farmatsevtika, kimyo sanoati, farmakologiya tashkil etadi. Shveysariya kompaniyalari xorij sarmoyasini jalb etishda ham yetakchilardan. Shveysariyadan uchta kompaniya — Top-100 da.
- Xitoy
Jahondagi ikkita yirik iqtisodiyotning biri — Xitoy. Ayniqsa, oxirgi o‘n yilda mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi misli ko‘rilmagan darajaga chiqdi. Sanoatning deyarli barcha turlari rivojlanmoqda. Xitoyliklarning uchta kompaniyasi reytingdan joy oldi.
- Janubiy Koreya
Koreya Respublikasi aholi jon boshiga daromadlar yuqori, iqtisodiyoti yuksak taraqqiy etgan mamlakat. Mamlakat rivojlanishida yirik korporatsiyalar muhim rol o‘ynagan. Koreyslarning ham uchta kompaniyasi nufuzli reytinga kirdi.
- Germaniya
Germaniya — innovatsiyalar sohasida ulkan salohiyatga ega va yutuqlarga erishgan mamlakat. Garchi Top-100 ga atigi to‘rtta nemis kompaniyasi kiritilgan bo‘lsa ham, aslida ularning soni mamlakatda juda ko‘p.
- Fransiya
Fransiya — Germaniya bilan birga Yevropa ittifoqining ikki asosiy ustuni. Mamlakat texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishga katta sarmoya kiritmoqda. Reytingga besh fransuz kompaniyasi kiritildi.
- Yaponiya
Yaponiya — innovatsiyalar sohasida ancha ilgarilab ketganini 32 ta kompaniyasi Top-100 ga kirganidan ham bilsa bo‘ladi. Robototexnika, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarda yaponlarga yetadigani yo‘q. Hech mubolag‘asiz «yapon» so‘zining o‘zi «innovatsiyalar» sinonimiga aylandi.
- AQSh
AQSh — ushbu reyting yetakchisi, naq 39 ta kompaniyasi Top-100 ga kirdi. Mamlakat innovatsion ishlanmalar sohasida jahon yetakchisi, bunda Kremniy vodiysining ahamiyati juda katta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter