Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspertlar «Android» qurilamalarini 2 daqiqada buzish yo‘lini topdi

Ekspertlar «Android» qurilamalarini 2 daqiqada buzish yo‘lini topdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Amsterdam universitetining «VUSes» tadqiqot guruhi eksperlari «Android» platformasida ishlaydigan smartfonlarni buzishning yangi usulini aniqladi. Mazkur texnologiya «Glitch» nomini olgan, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Tajriba turli markadagi uchta gadjet ustida o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, xakerlik hujumini «Rowhammer» apparat ta’minotidagi nuqson orqali amalga oshirsa bo‘larkan — u telefonni mobilm brauzer va «JavaScript» dasturlash tilidan foydalangan holda buzish imkonini beradi. Bunda zararli kod orqali smartfonning mikroarxitekturasiga shikast yetkaziladi va shundan so‘ng xakerlar ma’lumotlar bazasidan bemalol foydalanishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, smarfonni buzib kirish uchun mutaxassislarga ikki daqiqa kifoya qilgan.

Joriy yilning mart oyida «Android» bazasida ishlovchi 45 modeldagi smartfonlardan viruslar aniqlangan edi, ular foydalanuvchilarning ma’lumotlarini o‘chirilgan serverga jo‘natish, shuningdek, gadjetga josuslik dasturlarini yuklash bilan shug‘ullangan. Bir oydan so‘ng mutaxassislar dunyoga mashhur messenjerlar foydalanuvchilarining ma’lumotlari o‘g‘irlanayotganini oshkor qilgandi. Ushbu dasturni hatto anitiruslar ham aniqlay olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring