Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Efiopiya telekommunikatsiya xizmatlariga monopoliyani bekor qildi

Efiopiya telekommunikatsiya xizmatlariga monopoliyani bekor qildi

Foto: «Flickr»

Efiopiya transmilliy mobil aloqa kompaniyalariga telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya berdi. Bu haqda «Reuters» agentligi yuqori lavozimli shaxsga asoslanib xabar tarqatdi.

Amaldorning aytishicha, mamlakat hukumati yopiq sanalgan dunyodagi kam sonli telekommunikatsiya bozorlaridan birinchi ilk marotaba ochmoqda. Qolaversa, Efiopiya hukumati chet el kompaniyalariga mamlakatdagi yagona — «Ethio Telecom» aksiyalar paketidan minoritar ulush taklif etadi.

«Biz «2+1» bozor tuzilmasini e’lon qilamiz», — dedi mamlakat moliya vaziri Eyob Tekalin ikkita yangi litsenziya hamda «Ethio Telecom»ning 49 foizlik aksiyalar paketini nazarda tutgan holda.

Efiopiya telekommunikatsiya xizmatlari bozorining ochilishi o‘tgan yili bosh vazir Abiy Ahmad boshlab bergan mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish tomon tashlangan katta qadam sanaladi. Mamlakat telekommunikatsiyalar sohasi 100 million kishiga xizmat ko‘rsatmoqda. 2018-yili hukumat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Ahmad qator yirik siyosiy va iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va’da bergandi. Iqtisodiyotni xususiy sarmoyalar uchun ochish borasidagi ishlar orasida eng sezilarli o‘zgarishlar telekommunikatsiyalar sohasida bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring