Dron samolyotning qanotiga urilsa nima bo‘ladi? (video)
Deyton universiteti olimlari 383 km/soat tezlikda uchayotgan dronni samolyot qanoti bilan to‘qnashtirib ko‘rishdi.
Sinovdan maqsad uchuvchisiz apparatlarning yo‘lovchi samolyotlari bilan to‘qnashuvi xavfli-xavfsizligini aniqlash edi.
Krash-testda yengil motorli yo‘lovchi samolyoti qanoti va eng ko‘p tarqagan dron turlaridan biri — «DJI Phantom 4» qatnashdi. Tadqiqotchilar dronni 383 kilometr/soat tezlikka (kichik aviatsiya samoyotlari uchun odatiy tezlik) olib chiqishdi va uni qanotning old qismiga yo‘naltirishdi.
Dron qanot orasiga yorib kirib ketdi. Tadqiqotchilar bu yoriq real holatda parvozga xavf solmasligini bildirishdi, ammo samolyotning tezligi yuqoriroq bo‘lsa, u bunday to‘qnashuv oqibatida yerga qulashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter