Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiyada dunyodagi birinchi dijey robot tungi klubga ishga kirdi

Chexiyada dunyodagi birinchi dijey robot tungi klubga ishga kirdi

«Robo-DJ Kuka» robot-dijeyi.

Foto: «Dailytechinfo.org»

So‘nggi vaqtlarda sun’iy intellekt va robotlar inson kasblarini birin-ketin o‘zlashtirayotganini kuzatyapmiz. Shuningdek, robotlar musiqa sohasida ham katta yutuqlarga erishyapti. Chexiya poytaxti Praga shahrida joylashgan tungi klublarning birida robot — dijey sifatida tashrifchilar ko‘nglini xushnud etmoqda. U musiqalarni almashtiradi, miks qiladi va kompozitsiyaga mos ravishda raqsga ham tushadi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

«Robo-DJ Kuka» robot-dijeyi avtomobil sanoatida ishlatiladigan robot manipulyatorning modernizatsiyalashgan turi hisoblanadi. Sanoat variantidan uning farqi maxsus dasturlashtirilganligida. Dasturchi robotning yonida uch hafta yurib, uning bir soat davom etadigan har kungi «chiqishlari» uchun dasturiy ta’minot yaratgan. Ushbu robot kompakt disklarni olib, pleyer qurilmasiga qo‘ya oladi.

«Klubga tashrif buyurganlarning ayrimlari «Kuka»ning harakatlaridan hayratga tushmoqda. Ular bu kabi texnologiyani hali Yevropada uchratmagan», — deydi klub menejeri Adam Lipsanskiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring